So'rovnoma
  1. Siz uchun axborot oshkorligi uchun qanday ma’lumotlar bazasi zarur?
Toshkent viloyati

Oliy o'quv yurtlari

Toshkent davlat agrar universiteti

Toshkent Davlat agrar universitetning shakllanishi Markaziy Osiyodagi ko'plab boshqa oliy o'quv yurtlari kabi 1918 yilda mahalliy ziyolilar tashabbusi bilan tashkil qilingan Mirzo Ulug'bek nomidagi Milliy Universitet nomi bilan bog'liq. 20-yillarda uning tarkibidagi 8 ta fakulьtet Toshkent Davlat agrar universitetning shakllanishi Markaziy Osiyodagi ko'plab boshqa oliy o'quv yurtlari kabi 1918 yilda mahalliy ziyolilar tashabbusi bilan tashkil qilingan Mirzo Ulug'bek nomidagi Milliy Universitet nomi bilan bog'liq. 20-yillarda uning tarkibidagi 8 ta fakulьtet ichida – qishloq xo'jaligi fakulьteti ham bor edi. 1930 yil 26-mayda ushbu fakulьtet negizida mustaqil holda O'rta Osiyo qishloq xo'jaligi instituti tashkil qilindi va bir qancha o'zgarishlardan so'ng, 1934 yil oktyabridan Toshkent Qishloq xo'jaligi instituti deb nomlandi.

1991 yil aprelь oyida Oliy o'quv yurti Markaziy Osiyo va Qozog'istonda yagona agrar universitet maqomini oldi. Bunday maqom o'sha davrdagi 104 ta qishloq xo'jaligi oliy o'quv yurtlaridan faqat 8 tasiga kadrlar tayyorlash, fanni rivojlantirish, ilmiy-pedagogik salohiyat, sifatini yaxshilash, moddiy-texnika bazasini rivojlantirish va mustahkamlashdagi yutuqlari uchun berilgan edi.

Oliy o'quv yurtining rivojlanish yo'li mamlakatimizning tarixi, uning qishloq xo'jaligi, iqtisodiyoti, madaniyati, oliy ta'limning rivojlanishi bilan chambarchas bog'liq. Universitet kichik bir fakulьtetdan qishloq xo'jaligi bo'yicha Markaziy Osiyodagi yirik o'quv va ilmiy markazga aylandi. Bunga davlatimiz tomonidan ko'rsatilayotgan doimiy g'amxo'rlik, oliy o'quv yurtida yirik olimlar va yuqori malakali pedagoglarning yig'ilganligi, ularning sermahsul mehnati sabab bo'ldi.

Tarbiyaviy ishlar va o'quv jarayonini tashkil qilishni takomillashtirish, yangi texnologiyalarni joriy qilish, talabalar bilimini nazorat qilish, o'qitish sifatini oshirish, o'qituvchilar malakasini oshirish, ilmiy tadqiqotlarni kengaytirish va samaradorligini oshirish, ularni ishlab chiqarishga joriy qilish ishlari universitet faoliyatidagi asosiy masalalardir.

Moddiy-texnik bazani mustahkamlash, talabalarning yaxshi o'qishi, turmushi va dam olishlari uchun zarur sharoitlarni yaratishga doimiy ravishda katta e'tibor beriladi. O'quv, metodik va ilmiy adabiyot fondlari doimo yangilanib, elektron axborot resurslari to'ldirilmoqda, o'quv jarayoni va ilmiy tadqiqotlarga axborot kommunikatsiya texnologiyalari tobora kengroq joriy qilinmoqda.

1969 yildayoq oliy o'quv yurtida texnik ta'lim vositalari laboratoriyasi tashkil qilinib, bilimlarni dasturiy nazorat qilishning birinchi sinfi ochilgan. 70-yillar boshida birinchi lingafon kabineti tashkil etildi. Texnik ta'lim vositalari va hisoblash texnikasi bilan jadal jihozlash 70-yillarning ikkinchi yarmidan boshlandi. Mustaqillik yillarida kafedralar kompьyuter texnikasi va axborot-kommunikatsion texnologiya vositalari bilan jihozlandi. 80-yillarda o'quv korpuslari, yotoqxonalar, sport-sog'lomlashtirish inshootlari qurilishi jadallashtirilib, talabalar shaharchasi obodonlashtirish tez sur'atlarda olib borildi.

Talabalar soni (1930 yildagi 130 dan 1980 yil 9084 tagacha talaba) hamda mutaxassislar tayyorlash (1930 yildagi 80 tadan 1980 yil 1303 ta mutaxassis) yildan yilga ortib bormoqda, 1933 yildan 2008 yilgacha ta'limning sirtqi shakli bo'yicha talabalar tahsil olindi. 1979 yildan 1987 yilgacha oliy o'quv yurti qoshida Farg'ona filiali bo'lgan, 1992 yildan 1994 yilgacha va 2003 yildan hozirgi kunga qadar Nukus filiali faoliyat ko'rsatmoqda. Universitet qoshida qishloq xo'jaligi mutaxassislari malakasini oshirish va qayta tayyorlash Markazi ishlamoqda. 40-yillardayoq uning qoshida Markaziy Osiyo respublikalari uchun mutaxassislar tayyorlovchi o'simliklarni himoya qilish va ipakchilik bo'yicha bir yillik agronomlar kursi mavjud bo'lgan. 1966 yilda ikki bo'limda malaka oshirish fakulьteti (MOF) tashkil qilingan: rahbar kadrlarning 6 oylik kurslari, 1 oydan 3 oygacha muddatli malaka oshirish kurslari. Keyinchalik birinchi bo'lim yopilib, rahbar xodimlar malakasini oshirishning ikki haftalik kurslari ishlay boshladi. 80-yillarga qadar malaka oshirish fakulьtetida 10-12 ta mutaxassislik bo'yicha, so'ngra esa 16-18 ta mutaxassislik bo'yicha kurslar ochildi. 1997 yilda malaka oshirish fakulьteti Malaka oshirish markazi deb o'zgartirildi, Oliy va o'rta maxsus ta'lim Vazirligining 22-mart 2001 yildagi 72-sonli hamda Qishloq va suv xo'jaligi vazirligining 28-mart 2001 yildagi 76-sonli qo'shma buyrug'i asosida yuridik shaxs huquqiga ega ToshDAU qoshidagi kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash markazi deb qayta tashkil qilindi. Kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash markazi tashkil qilingunga qadar agrar universitetda 45 mingdan ortiq mutaxassislar malaka oshirish va qayta tayyorlashdan o'tdilar. Deyarli yarim asr (1946 yildan 1993 yilga qadar) davomida oliy o'quv yurti xorijiy davlatlar uchun mutaxassislar va fan nomzodlarini tayyorlab berdi.

Oliy o'quv yurti butun faoliyati davomida yirik ilmiy kuchga ega bo'ldi. Bu dargohda qishloq xo'jaligi, biologiya, iqtisodiy fanlarning asoschilari, yangi maktablarga asos solgan taniqli olimlar ishlaganlar va ishlamoqdalar. Shu bois, oliy o'quv yurtida ilmiy-tadqiqot ishlari va ilmiy pedagogik kadrlar tayyorlash yaxshi yo'lga qo'yilgan. Har bir kafedra o'qitadigan fanlariga muvofiq ilmiy tadqiqotlar olib boradi.
1979 yilda mustaqil ilmiy bo'limlar tashkil qilindi: qishloq xo'jaligi ilmiy tajriba stantsiyasi, 1 ta muammoli va 4 ta sohaga oid ilmiy tekshirish laboratoriyalari. 1932 yilda Oliy o'quv yurtida aspirantura tashkil qilindi. Ba'zi yillarda aspirantlar tayyorlash 22 mutaxassislik bo'yicha olib borildi. 1991 yilgacha aspiranturani respublikamizdan 550 dan ortiq kishi va chet ellik fuqarolaridan 22 dan ortiq kishi tugatishdi.

1940 yilda dissertatsiyalar himoyasi bo'yicha Ilmiy Kengash ochildi. Ba'zi yillarda 4-5 ta ixtisoslashtirilgan Kengash faoliyat yuritar edi. 1991 yilga qadar ularda 80 ta doktorlik va 1300 nomzodlik dissertatsiyalari himoya qilindi. Mustaqillikka erishilganidan so'ng maxsus kengashlarda 60 ta nomzodlik va doktorlik dissertatsiyalari himoyasi bo'ldi.

Hozirgi kunda ilmiy tadqiqot ishlarida 90% o'qituvchilar va 70% talabalar ishtirok etishmoqda. Bunday tadqiqotlar dolzarb mavzular bo'yicha davlat va xalqaro grantlar asosida olib borilmoqda. 2008 yilda O'zbekiston Respublikasi grantlari bo'yicha 22 ta ilmiy loyiha va xalqaro grantlar bo'yicha 8 ta loyiha ishlari olib borilmoqda. Universitet qoshida qishloq xo'jaligi ilmiy-tajriba stantsiyasi, 4 ta ilmiy tekshirish markazi ish olib bormoqda: o'simliklar biotexnoligiyasi, O'simliklarni biologik himoya qilish, “Biomarkaz” Agroekotexnologiya, Fungitsentr. Universitetda 300 ga haydatiladigan er maydoniga ega O'quv tajriba Xo'jaligi bor. Shuningdek, 10 ta kompleksli ilmiy-o'quv laboratoriyalari mavjud.

Mustaqillik yillarida bizning OO'Yu xalqaro munosabatlarni kengaytirish va chuqurlashtirishga katta e'tibor qaratmoqda. Uning ta'lim va ilm-fan sohasida hamkorlik qilish bo'yicha uzoq xorijiy davlatlarning 18 ta oliy o'quv yurtlari va MDH ning 16 ta OO'Yulari bilan shartnomalar tuzdi. Tajriba almashish maqsadida bizga chet ellardan olimlar keladi. O'qituvchi va talabalar xorijiy davlatlarda malaka oshirib qaytadilar. (2014)

Abiturient ta'lim muassasasi qabul komissiyasiga quyidagi hujjatlarni topshiradi:

ta'lim yo'nalishi, o'qitish tili va shakli ko'rsatilgan holdagi ariza;

o'rta yoki o'rta maxsus ma'lumot haqidagi hujjatning asl nusxasi;

086/U-shakldagi tibbiy ma'lumotnoma;

fuqarolik pasporti nusxasi;

3,5×4,5 sm o'lchamdagi 6 dona fotosurat;

papka (skoroshivatelь) 2 dona, konvert 2 dona

Bundan tashqari abiturient qabul komissiyasiga pasport va harbiy xizmatga aloqadorligi haqidagi hujjatini shaxsan ko'rsatadi.

Xalqaro va respublika olimpiadalari, tanlovlar va musobaqa g'oliblari o'qishga tanlovsiz kirish huquqini beruvchi hujjatning asl nusxasini ham taqdim etadi.

Muddatli harbiy xizmatni o'tagan va harbiy qism tavsiyanomasiga ega bo'lgan abiturientlar tegishli tavsiyanomani ta'lim muassasasi qabul komissiyasiga 20 iyulgacha taqdim etishlari shart aks holda undan keyin topshirilgan tavsiyanomalar qabul qilinmaydi.

Maxsus sirtqi bo'limga qabul faqat tegishli yoki turdosh ta'lim yo'nalishiga muvofiq o'rta maxsus, kasb-hunar ma'lumotiga hamda sohada kamida uch yil amaliy ish stajiga ega bo'lgan, ishlab turgan sohadan tavsiyanoma berilgan kadrlar hisobidan amalga oshiriladi.

Maxsus sirtqi bo'limlarga o'qishga kiruvchilardan qo'shimcha ravishda quyidagi hujjatlar ham talab qilinadi:

ish joyidan tavsiyanoma xat;

mehnat daftarchasidan belgilangan tartibda tasdiqlangan ko'chirma.

Abiturient hujjatlarining to'liqligi tekshirilgandan so'ng web kamera orqali suratga tushiriladi va hujjatlari qabul qilinadi. Suratga tushirish uchun alohida burchak yoki xonalar tashkil etiladi. Ushbu surat abiturientlar bazasiga kiritiladi va DTMga yuboriladi. Suratga tushmagan abiturientning hujjatlari qabul qilinmaydi.

Abiturientlar tomonidan qayd etilgan talablar bajarilganda ularning hujjatlarini qabul qilib olinadi va qabul qilinganligi to'g'risida tilxat beriladi.

Ma'lumot uchun:

Manzil: Uzbekistan, g.Tashkent, Universitet , dom 2a
Orientir: Mikrorayon TashGRES
Telefon: (+998 71) 260 48 00
Faks: (+998 71) 260 38 60
Email: tuag-info@edu.uz

Veb-sayt: agrar.uz


  • 3052