So'rovnoma
  1. Siz uchun axborot oshkorligi uchun qanday ma’lumotlar bazasi zarur?
Hokimiyat

Tuman hokimligi boshqaruv apparati to‘g‘risida namunaviy Nizom

I. Umumiy qoidalar

1. Ushbu Namunaviy nizom "Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida"gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Hududiy davlat boshqaruvi organlari tuzilmasini takomillashtirish to‘g‘risida" 2016 yil 24 fevraldagi PK-2497-son qaroriga muvofiq tumanlar hokimliklari boshqaruv apparatlarining (keyingi o‘rinlarda boshqaruv apparati deb ataladi) vazifalari, funksiyalari, huquqlari, mas’uliyati hamda ularning faoliyatini tashkil etish tartibini belgilaydi.

2. Boshqaruv apparati o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, "Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risidagi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga va O‘zbekiston Respublikasining boshqa Qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, boshqa Qonun hujjatlariga, shuningdek xalq deputatlari Kengashi va hokimning hujjatlariga, shuningdek ushbu Nizomga amal qiladi.

3. Boshqaruv apparati hokimlik faoliyatini axborot-tahliliy, huquqiy, tashkiliy-texnik va moliyaviy-xo‘jalik jihatidan ta’minlaydi, xalq deputatlari Kengashi majlislari uning reglamentiga muvofiq tayyorlanishini ta’minlaydi, xalq deputatlari tuman Kengashi va hokimning hujjatlari loyihalarini tayyorlaydi, ularni amalga oshirish yuzasidan amaliy chora-tadbirlarni ishlab chiqadi va ijroni muntazam ravishda tekshiradi.

Boshqaruv apparati xalq deputatlari tuman Kengashi faoliyatiga tashkiliy, texnik va boshqa xizmatlar ko‘rsatilishini ta’minlaydi.

4. Boshqaruv apparati o‘z faoliyatini hokimning rahbarligida amalga oshiradi.

5. Boshqaruv apparati o‘ziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarishda hamda tegishli viloyat hokimligi apparati, shuningdek davlatning boshqa organlari va boshqa tashkilotlar bilan o‘zaro hamkorlik qiladi.

II. Boshqaruv apparatining vazifalari va funksiyalari

6. Quyidagilar boshqaruv apparatining vazifalari hisoblanadi;

hokimning O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida, O‘zbekiston Respublikasining "Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida"gi Qonunida, O‘zbekiston Respublikasining boshqa Qonunlarida, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlar va farmoyishlarida, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlarida belgilangan vakolatlari amalga oshirilishini davlat organlari va boshqa tashkilotlar bilan birgalikda ta’minlash;

tumanni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish tendensiyalarini kompleks tahlil qilish, asosiy iqtisodiy ko‘rsatkichlar dinamikasini, tarkibiy va institutsional o‘zgartirishlarni tuman byudjeti ijrosining tizimli monitoringini olib borish;

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan belgilanadigan muhim ustuvor vazifalarga muvofiq tumanni kompleks rivojlantirish bo‘yicha takliflarni ishlab chiqish;

tumanda iqtisodiyotda, eng avvalo sanoatda va qishloq xo‘jaligida tarkibiy o‘zgartirishlar amalga oshirilishini ta’minlash;

tadbirkorlikni jadal rivojlantirishni ta’minlash, xususiy mulk manfaatlarini himoya qilish hamda tadbirkorlik sub’ektlarining Qonuniy huquqlarini va kafolatlarini ta’minlash yuzasidan hududiy boshqaruv organlari mas’uliyatini oshirish bo‘yicha tizimli ishlarni tashkil etish;

tumanni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlari, hududiy investitsiya dasturlari, ishlab chiqarishlarni modernizatsiyalash, texnik yangilash va texnologik jihatdan qayta jihozlash dasturlari, mahalliylashtirish dasturi, muhandislik-kommunikatsiya va yo‘l-transport infratuzilmasini rivojlantirish va modernizatsiyalash dasturlari, shuningdek boshqa hududiy dasturlar amalga oshirilishining monitoringini olib borishning samarali tizimini yaratish;

tuman iqtisodiyotining raqobatbardoshligini tubdan oshirish, eksport qiluvchi korxonalarni qo‘llab-quvvatlashni kuchaytirish, fermer xo‘jaliklari, xususiy tadbirkorlik sub’ektlarining eksportdagi ishtirokini har tomonlama rag‘batlantirish bo‘yicha amaliy chora-tadbirlarni ishlab chiqish va ularni amalga oshirishni tashkil etish;

aholi bandligini ta’minlash bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish, hududiy boshqaruv organlarining. boshqa tashkilotlarning yangi ish o‘rinlari yaratish, ijtimoiy sohani rivojlantirish, aholining turmush darajasi va sifatini yanada oshirishga doir ishlarini muvofiqlashtirish;

Qonuniylikni, huquq-tartibotni va xavfsizlikni ta’minlash, fuqarolarning huquq va erkinliklarini himoya qilish, tabiiy ofatlar, epidemiya va boshqa ekstremal holatlar oqibatlarini bartaraf etish bilan bog‘liq chora-tadbirlar amalga oshirilishini tashkil etish;

rivojlantirishning maqsadli davlat dasturlari amalga oshirilishi, O‘zbekiston Respublikasi Qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorlari hamda tegishli xalq deputatlari Kengashi va hokimning qarorlari bajarilishini tashkil etish;

xalq deputatlari tuman Kengashi va hokimning hujjatlari loyihalarini har tomonlama iqtisodiy, moliyaviy va huquqiy jihatdan ishlab chiqish, shu jumladan ularning ayrim tarmoqlarga va umuman tumanni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga qisqa muddatli va uzoq muddatli ta’sirini kompleks baholash.

7. Boshqaruv apparati o‘ziga yuklangan vazifalarni bajarish uchun quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, "Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni, O‘zbekiston Respublikasining boshqa Qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va topshiriqlari hamda tegishli xalq deputatlari viloyat Kengashining qarorlari va topshiriqlari bilan hokimlikka yuklangan vazifalarni bajarish yuzasidan aniq chora-tadbirlarni ishlab chiqadi va amalga oshiradi;

Tegishli xalq deputatlari viloyat Kengashi, hokim va uning o‘rinbosarlarining topshiriqlari va qarorlari bo‘yicha tegishli tahliliy, ma’lumotnoma, statistik materiallar va takliflarni umumlashtiradi va tayyorlaydi, shuningdek hokim tomonidan ko‘rib chiqilishi talab etiladigan masalalarni har tomonlama puxta ishlab chiqilishini ta’minlaydi;

Viloyat hokimligida ko‘rib chiqish uchun kiritiladigan normativ-huquqiy va boshqa hujjatlar, shuningdek xalq deputatlari tuman Kengashi va hokim tomonidan qabul kilinadigan qarorlar loyihalari har tomonlama iqtisodiy, moliyaviy va huquqiy jixatdan ishlab chiqadi;

davlat organlari va boshqa tashkilotlar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari, ning hamda tegishli xalq deputatlari viloyat Kengashining qarorlari bajarilishi yuzasidan tizimli nazoratni tashkil etadi, ularning bajarilishini ta’minlash bo‘yicha tashkiliy chora-tadbirlarni va nazorat rejalarini ishlab chiqadi;

muammoli masalalarni hal qilish hamda tumanni, shuningdek iqtisodiyot tarmoqlari va sohalarini rivojlantirishning istiqbolli vazifalarini amalga oshirish yuzasidan takliflar va aniq chora-tadbirlarni ishlab chiqadi hamda hokim va uning o‘rinbosarlariga taqdim etadi;

iqtisodiyot va ijtimoiy sohaning muhim ustuvor vazifalari, davlat dasturlari amalga oshirilishi, O‘zbekiston Respublikasi Qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari, farmoyishlari va topshiriqlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari, xalq deputatlari viloyat Kengashi va hokimlikning qarorlari bajarilishi bo‘yicha tegishli tizimlangan ma’lumotlar bazasini shakllantiradi va yuritadi;

xalq deputatlari tuman Kengashi sessiyalari, hokim va uning o‘rinbosarlari ishtirokida o‘tkaziladigan yig‘ilishlar va boshqa tadbirlar o‘tkazilishini ta’minlaydi, qabul qilingan qarorlar amalga oshirilishini nazorat qiladi;

xalq deputatlari tuman Kengashi va hokimlikning komissiyalari hamda boshqa ishchi organlari ishlarini tashkil etadi, ular tomonidan qabul qilingan qarorlarning bajarilishini muvofiqlashtiradi va nazorat qiladi;

hokimlikning ish rejasini ishlab chiqadi va amalga oshiradi, hamda viloyat va hokimligi apparatlari bilan o‘zaro hamkorlik qiladi;

jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini "Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida"gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni talablariga muvofiq ko‘rib chiqadi;

maxfiylik rejimini, davlat siri bo‘lgan ma’lumotlar hamda Qonun bilan muhofaza qilinadigan boshqa sirlarning himoya qilinishini ta’minlaydi;

xalq deputatlari tuman Kengashi va hokimlikning faoliyati to‘g‘risida belgilangan tartibda jamoatchilikni xabardor qilishni tashkil etadi.

Boshqaruv apparati Qonun hujjatlariga muvofiq boshqa funksiyalarni ham bajaradi.

III. Boshqaruv apparatining huquqlari va javobgarligi

8. Boshqaruv apparati o‘ziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish uchun quyidagi huquqlarga ega:

hokimlikda ko‘rib chiqiladigan masalalarni tahlil qilish va ishlab chiqish uchun zarur bo‘lgan materiallar va ma’lumotlarni davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari hududiy bo‘linmalaridan hamda boshqa tashkilotlardan belgilangan tartibda so‘rash va olish;

zarurat bo‘lganda, hokimlikda ko‘rib chiqiladigan masalalarni ishlab chiqish. axborot va tahliliy materiallarni, shuningdek xalq deputatlari Kengashi va hokimning hujjatlari va qarorlari loyihalarini tayyorlash uchun davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari hududiy bo‘linmalarining, boshqa tashkilotlarning rahbarlari va xodimlarini belgilangan tartibda taklif etish, ushbu maqsadlar uchun vaqtinchalik ekspert guruhlari tashkil etish;

davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari hududiy bo‘linmalaridan, boshqa tashkilotlardan ular tomonidan kiritilgan xalq deputatlari tuman Kengashi va hokimning hujjatlari va qarorlari loyihalarini puxta qayta ishlashni belgilangan tartibda talab qilish;

davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari hududiy bo‘linmalari, boshqa tashkilotlar rahbarlari va xodimlari ishtirokida hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning aniq masalalari ko‘rib chiqilishini va muhokama qilinishini tashkil etish;

davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari hududiy bo‘linmalari, boshqa tashkilotlar rahbarlariga tezkorlik bilan hal etishni talab qiladigan hamda boshqaruv apparatiga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish bilan bog‘liq bo‘lgan masalalar bo‘yicha belgilangan tartibda topshiriqlar berish;

normativ-huquqiy hujjatlarni va boshqa hujjatlarni, shuningdek hokim va uning o‘rinbosarlarining topshiriqlarini bajarish bo‘yicha davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari hududiy bo‘linmalarining, boshqa tashkilotlarning ishlarini belgilangan tartibda o‘rganish va tekshirish.

9. Boshqaruv apparati

o‘ziga yuklangan vazifalar va funksiyalarning sifatli va o‘z vaqtida bajarilishi,

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining hujjatlariga, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Devoni, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari apparatlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparati, tegishli xalq deputatlari Kengashi, viloyat va hokimligi topshiriqlariga muvofiq takliflar va hujjatlar loyihalarining har tomonlama va o‘z vaqtida tayyorlanishi;

ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish tendensiyalarining, iqtisodiyot tarmoqlari va sohalarida iqtisodiy islohotlar amalga oshirilishining tizimli monitoringi olib borilishi, hokimning ko‘rib chiqishi va qaror qabul qilishini talab etuvchi muammoli masalalar sabablarining o‘z vaqtida aniqlanishi va takliflar tayyorlanishi;

davlat organlari va boshqa tashkilotlar tomonidan tuman hokimligiga kiritiladigan takliflar va hujjatlarning sifatli va o‘z vaqtida ishlab chiqishning tashkil etilishi, ularning iqtisodiy, moliyaviy va huquqiy ekspertizadan o‘tkazilishi, shuningdek asoslangan xulosalar tayyorlanishi;

xalq deputatlari Kengashiga, viloyat va hokimligiga ko‘rib chiqish uchun kiritiladigan hujjatlar va takliflar loyihalarini ishlab chiqish va ekspertizadan o‘tkazish sifati, shuningdek kiritilgan loyihalar hamda qabul qilingan qarorlar amalga oshirilishining ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlari;

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari to‘g‘risida" 1999 yil 12 yanvardagi 12-son qaroriga muvofiq ijro intizomi ta’minlanishi;

O‘zbekiston Respublikasi Qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari, farmoyishlari va topshiriqlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari, ning, tegishli xalq deputatlari Kengashi, viloyat hokimligining qarorlari, shuningdek hokimlik rahbariyati topshiriqlarining davlat organlari va boshqa tashkilotlar tomonidan bajarilishi holatining o‘z vaqtida o‘rganilishi uchun javob beradi.

IV. Boshqaruv apparatining tuzilmasi

10. Boshqaruv apparatining tuzilmasi hokimning yordamchisi, hududni kompleks rivojlantirish bo‘limi, tashkiliy-nazorat guruhi, sohalar bo‘yicha bosh va yetakchi mutaxassislar, voyaga yetmaganlar ishlari bo‘yicha komissiyaning mas’ul kotibi, yurist, buxgalteriya va kanselyariyadan iborat bo‘ladi.

Boshqaruv apparatining tuzilmasi va xodimlarining cheklangan soni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Hududiy davlat boshqaruvi organlari tuzilmasini takomillashtirish to‘g‘risida" 2016 yil 24 fevraldagi PK-2497-son qarori talablariga muvofiq belgilanadi.

11. Boshqaruv apparatining ishlari hokim tomonidan tasdiqlanadigan Boshqaruv apparati to‘g‘risidagi Nizomga va xodimlarning funksional vazifalariga, ushbu Nizomga, Ish yuritish bo‘yicha yo‘riqnomaga, shuningdek hududni kompleks rivojlantirish bo‘limi, tashkiliy-nazorat guruhi to‘g‘risidagi nizomlarga muvofiq tashkil etiladi.

12. Hokimning yordamchisi, hududni kompleks rivojlantirish bo‘limi, tashkiliy-nazorat guruhi, voyaga yetmaganlar ishlari bo‘yicha komissiyaning mas’ul kotibi, yurist, buxgalteriya va kanselyariya o‘z faoliyatida hokimga bo‘ysunadi.

Sohalar bo‘yicha mutaxassislar o‘z faoliyatida hokimga va o‘zlari mas’ul bo‘lgan sohaga ko‘ra hokimning tegishli o‘rinbosarlariga bo‘ysunadi.

13. Hududni kompleks rivojlantirish bo‘limi boshlig‘i tegishli viloyat hokimlari bilan kelishgan holda hokimning qarori bilan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi.

Tashkiliy-nazorat guruhi rahbari Qonun hujjatlarida belgilangan tartibda hokimning qarori bilan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi.

Hokimning yordamchisi va boshqaruv apparatining boshqa xodimlari hokimning qarori bilan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi.

14. Hududni kompleks rivojlantirish bo‘limi to‘g‘risidagi Nizom tegishli viloyat va hokimi tomonidan tasdiqlanadi.

Tashkiliy-nazorat guruhi, buxgalteriya va kanselyariya to‘g‘risidagi nizomlar, shuningdek ular xodimlarining, hokim yordamchisining, voyaga yetmaganlar ishlari bo‘yicha komissiya mas’ul kotibining. sohalar bo‘yicha bosh va yetakchi mutaxassislar hamda yuristning funksional vazifalari hokim tomonidan tasdiqlanadi.

V. Boshqaruv apparati faoliyatini tashkil etish

15. Boshqaruv apparati ishlari O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, "Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida"gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga, boshqa Qonunlarga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari, farmoyishlari va topshiriqlariga, Vazirlar Mahkamasi va uning Rayosatining qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri va uning o‘rinbosarlarining topshiriqlariga, tegishli xalq deputatlari Kengashi hamda viloyatlar va hokimliklarining qarorlariga, hokimning va uning o‘rinbosarlarining topshiriqlariga muvofiq, shuningdek hokimlik, tarkibiy bo‘linmalar, ularning rahbarlari va mutaxassislarining ish rejalari asosida tashkil etiladi.

16. Hududni kompleks rivojlantirish bo‘limi boshlig‘i:

Hududni kompleks rivojlantirish bo‘limi faoliyatiga rahbarlik qiladi va bulimga yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi uchun javob beradi;

tumanni iqtisodiy va ijtimoiy rivojlantirish darajasini tahlil qilish asosida mavjud nomutanosibliklar va zaxiralarni aniqlaydi, shu asosda tumanni kompleks rivojlantirishni ta’minlashga, tarkibiy o‘zgartirishlarni chuqurlashtirishga va iqtisodiyotni diversifikatsiyalashga yo‘naltirilgan takliflarni ishlab chiqadi;

tarmoq tuzilmalari bilan birgalikda tumanning sanoat salohiyatini jadal rivojlantirish, mineral xomashyo resurslari va qishloq xo‘jaligi xomashyosini sanoat yo‘li bilan yanada chuqur qayta ishlash bo‘yicha yangi yuqori texnologiyali ishlab chiqarishlarni tashkil etish, yuqori qo‘shilgan qiymatli raqobatbardoshli mahsulotlar ishlab chiqarishni tashkil etish va shu asosda eksportga yetkazib beriladigan mahsulotlar hajmi va turlarini ko‘paytirish bo‘yicha dasturiy chora-tadbirlarni ishlab chiqadi;

hududiy investitsiya loyihalarini amalga oshirish, yangi ishlab chiqarishlarni ko‘rish va o‘z vaqtida ishga tushirish va ishlab turganlarini modernizatsiyalash, respublika iqtisodiyotini rivojlantirishning tasdiqlangan o‘rtacha muddatli va uzoq muddatli dasturlariga kiritilgan yirik investitsiya loyihalarini amalga oshirishga ko‘maklashish, pudrat tashkilotlarining moddiy-texnika bazasini mutanosib rivojlantirish va mustahkamlash chora-tadbirlarini amalga oshirish, mintaqaviy investitsiya loyihalarini amalga oshirishga horijiy investorlarni jalb etish bo‘yicha faol ish olib borish bo‘yicha monitoring tayyorlanishi va olib borilishini ta’minlaydi;

muhandislik, yo‘l-transport va telekommunikatsiya infratuzilmasini jadal rivojlantirish, transport xizmati ko‘rsatishni yanada yaxshilash, ko‘rsatilayotgan uy-joy-kommunal xizmatlar darajasi va sifatini tubdan oshirish, aholini sifatli ichimlik suv va sanitariya jihatidan tozalash tizimi bilan ta’minlash, aholi punktlarini obodonlashtirish bo‘yicha dasturiy chora-tadbirlarni ishlab chiqadi;

qishloq xo‘jaligini yanada rivojlantirish, yer-suv resurslaridan oqilona foydalanish va qishloq-xo‘jaligi ekinlarini maqbul joylashtirish, qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishini tarkibiy o‘zgartirish, zamonaviy agrotexnologiyalar va suv iste’molini joriy etish, yerlarning meliorativ holatini yaxshilash, qishloq xo‘jaligi xomashyosini chuqur qayta ishlash va meva-sabzavot va go‘sht-sut mahsulotlarini saqlash bo‘yicha sovutish quvvatlarini barpo etish chora-tadbirlarini amalga oshirishni chuqur tahlil qiladi va takliflarni ishlab chiqadi;

demografik jarayonlarni va tuman aholisining jins-yosh tarkibini, aholi bandligi darajasi va tuzilmasini tizimli tahlil qilishni, shu asosda ishlab chiqarish kuchlarini maqbul joylashtirish va yangi ish o‘rinlari tashkil etish hisobiga band bo‘lmagan aholini, ayniqsa yoshlarni ishga joylashtirishni ta’minlashga doir takliflar tayyorlash, aholi turmush darajasi va sifatini yanada oshirish, ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish, uy-joy sharoitlarini yaxshilash, aholiga tibbiy, ta’lim va ijtimoiy-madaniy xizmat ko‘rsatishni yanada takomillashtirish bo‘yicha takliflar tayyorlashni ta’minlaydi;

xalq deputatlari tuman Kengashi va hokimning hujjatlari va qarorlari loyihalarini ishlab chiqish va sifatli tayyorlashni tashkil etish borasida hokimning o‘rinbosarlari bilan mustahkam o‘zaro hamkorlik qiladi;

hokimlikning ish rejasi bajarilishi monitoringi olib borilishini tashkil etadi, tegishli viloyat hamda hokimliklari apparati bilan o‘zaro hamkorlik qiladi; ekspertiza natijalari bo‘yicha hujjatlar loyihalari to‘g‘risida hokimga axborot beradi, hokim tomonidan imzolangan hujjatlarga viza qo‘yadi hamda ularning chiqarilishini tashkil etadi;

hokim tomonidan o‘tkaziladigan yig‘ilishlar, shu jumladan har haftalik apparat yig‘ilishlari va turli komissiyalar yig‘ilishlari kun tartibi loyihalarini shakllantiradi, hokim tomonidan tasdiqlatadi va tegishli hujjatlar tayyorlanishini ta’minlaydi;

hokim tomonidan o‘tkaziladigan majlislarni tashkil etadi, topshiriqlarni umumlashtiradi, ularning bajarilishini nazorat qiladi, belgilangan muddatlarda hokimni ularning bajarilishi va natijalaridan xabardor qiladi;

tumanda iqtisodiy islohotlarning holati va natijadorligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar bazasi shakllantirilishi, shuningdek muammoli masalalarni hal etish yuzasidan amaliy chora-tadbirlar ko‘rilishi va amalga oshirilishi, tarmoqlarni rivojlantirishning istiqbolli vazifalari amalga oshirilishi monitoringi olib borilishini ta’minlaydi;

boshqaruv apparatining tarkibiy bo‘linmalari bilan birgalikda hokimning ko‘rib chiqishi uchun axborot-ma’lumotnoma va boshqa materiallarni, shuningdek hokimning ma’ruzalari va nutqlarini tayyorlaydi;

Hududni kompleks rivojlantirish bo‘limi to‘g‘risidagi Nizomga va hokimning qarorlariga muvofiq; boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.

Hududni kompleks rivojlantirish bo‘limi boshlig‘i vaqtincha bo‘lmagan taqdirda uning vazifalarini ushbu bo‘limning bosh mutaxassisi bajaradi.

17. Tashkiliy-nazorat guruhi:

ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlarini amalga oshiradi, davlat organlari va boshqa tashkilotlar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Qonunlari. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari, farmoyishlari va topshiriqlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari, tegishli xalq deputatlari Kengashi va viloyatlar hokimliklari, shuningdek xalq deputatlari tuman Kengashi va hokimning hujjatlari va qarorlari bajarilishini nazorat qiladi;

belgilangan tartibda Hokimlik ish rejasi loyihasini shakllantiradi, uning bajarilishi yuzasidan nazoratni tashkil etadi;

boshqaruv apparati rahbarlari va mutaxassislarini qayta tayyorlash, ularning malakasini oshirish, ularni rag‘batlantirish va ularga nisbatan intizomiy jazo choralarini qo‘llash to‘g‘risidagi takliflarni hokimning ko‘rib chiqishi uchun belgilangan tartibda kiritadi;

tasdiqlangan lavozimlar nomenklaturasiga muvofiq kadrlarni tanlash, joy-joyiga qo‘yish, mutaxassislarni lavozimga tayinlash va lavozimdan ozod qilish chora-tadbirlari kompleksini amalga oshiradi, ko‘rib chiqilayotgan nomzodlar bo‘yicha materiallarni har tomonlama o‘rganishni va ishonchli materiallar tayyorlashni ta’minlaydi;

kelgusida davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari hududiy bo‘linmalari, mahalliy davlat hokimiyati organlarining rahbarlik lavozimlariga ko‘tarish uchun boshqaruv kadrlari zahirasini shakllantirish ishlarini tashkil etadi;

davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari hududiy bo‘linmalarining, xo‘jalik birlashmalarining, mahalliy davlat hokimiyati organlarining boshqaruv kadrlari faoliyatining tizimli monitoringini olib boradi;

boshqaruv kadrlarini hisobga olish, ularning shaxsiy hujjatlar yig‘ma jildlarini shakllantirish va yuritish ishlarini tashkil qiladi;

zaxiraga kiritilgan boshqaruv kadrlarining kasbiy bilimlarini doimiy takomillashtirish, malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash ishlarini tashkil qiladi;

hokimlarning mutasaddilik qiladigan o‘rinbosarlari bilan birgalikda hokimlik apparati kadrlarini tayinlash va lavozimidan ozod qilish bo‘yicha takliflar tayyorlaydi;

davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari hududiy bo‘linmalarining, mahalliy davlat hokimiyati organlarining boshqaruv kadrlari va ularning zaxirasi to‘g‘risidagi ma’lumotlar bazasini shakllantirishni va doimiy yangilab borishni ta’minlaydi;

tashkiliy-kadrlar masalalari bo‘yicha hokimning qarorlari va boshqa huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlaydi, hokim rahbarligida o‘tkaziladigan yig‘ilishlar, majlislar, uchrashuvlar va boshqa tadbirlarni tashkil etish chora-tadbirlarini ko‘radi;

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, Qonunchilik palatasi va xalq deputatlari Mahalliy Kengashlari deputatlari saylovlarini, O‘zbekiston Respublikasi referendumlarini tashkil etish va o‘tkazish bo‘yicha tegishli saylov komissiyalariga yordam ko‘rsatadi;

xalq deputatlari Kengashining, uning komissiyalarining va boshqa ishchi organlarning faoliyatini tashkiliy-texnik jihatdan ta’minlaydi, deputatlarga ularning o‘z vakolatlarini amalga oshirishida ko‘maklashadi;

fuqarolarning mahalla yig‘inlari raislari (oqsoqollari) saylovlarini tashkil etish va o‘tkazishda hududiy davlat organlariga ko‘maklashadi;

Tashkiliy-nazorat guruhi to‘g‘risidagi Nizomga va hokimning qarorlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.

18. Voyaga yetmaganlar ishlari bo‘yicha komissiya mas’ul kotibining faoliyati O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011 yil 17 yanvardagi 13-son qarori bilan tasdiqlangan Voyaga yetmaganlar ishlari bo‘yicha komissiyalar to‘g‘risidagi Nizom talablariga muvofiq tashkil etiladi.

19. Yuristning faoliyati O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007 yil 24 avgustdagi 182-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat boshqaruvi organlarining va Mahalliy davlat hokimiyati organlarining yuridik xizmati to‘g‘risidagi Nizom talablariga muvofiq tashkil etiladi.

20. Hokimning yordamchisi:

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va uning Devoni va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, viloyat hokimligining bevosita hokimga yo‘llangan yozma topshiriqlari to‘g‘risida o‘z vaqtida axborot berilishi yuzasidan tizimli nazoratni ta’minlaydi va hokimning rezolyutsiyasiga muvofiq uning ijrosini tashkil etadi;

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va uning Devoni, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining, shuningdek, tegishli xalq deputatlari Kengashi va viloyat hokimligining tegishli topshiriqlari bajarilishini nazorat qilish va tahlil etishni ta’minlaydi, ularning bajarilishi va natijalari to‘g‘risida hokimga axborot beradi;

hokimning joriy ish rejalarini shakllantirishda ishtirok etadi va ularning ijrosini tashkil etadi;

hokimning nomiga tushgan xat-xabarlarni tahlil qiladi, puxta ekspertizadan o‘tkazadi, zaruriyat bo‘lganda, boshqaruv apparatining tarkibiy bo‘linmalari bilan birgalikda tegishli topshiriqlarni (fishkalarni) tayyorlaydi, tegishli materiallar haqida hokimga axborot beradi va imzolangan topshiriqlarning belgilangan tartibda ijrochilarga yuborilishini tashkil etadi;

jismoniy shaxslar va yuridik shaxslar vakillarining hokim tomonidan qabul qilinishini tashkil etadi hamda jismoniy va yuridik shaxslarning og‘zaki, yozma va elektron murojaatlarini ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha qabul qilingan topshiriqlar bajarilishi yuzasidan nazoratni ta’minlaydi;

hokim tomonidan yuklangan va hokim yordamchisining funksional vazifalarida nazarda tutilgan boshqa funksiyalarni belgilangan tartibda amalga oshiradi.

21. Hokim o‘rinbosarining kotibiyati:

o‘ziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish bo‘yicha hokim o‘rinbosari ishlarini tashkil qiladi;

hokimlikka kiritilgan takliflarning hamda kotibiyat yuritishi sohasiga kiruvchi masalalar bo‘yicha halq deputatlari Kengashi va hokimning hujjatlari loyihalari ko‘ribi chiqilishini ta’minlaydi, ularni ekspert jihatdan ishlab chiqilishini, qabul qilingan hujjatlarning bajarilishini nazorat qiladi;

tizimli monitoring tashkil etilishini va tegishli tarmoqlar hamda sohalarda iqtisodiy islohotlarning holati va natijadorligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar banki shakllantirilishini, shuningdek muammoli masalalarni hal etish bo‘yicha amaliy chora-tadbirlar ishlab chiqilishi va amalga oshirilishini, tarmoqlarni rivojlantirishning istiqbolli vazifalari amalga oshirilishini ta’minlaydi;

hokim va yoki uning o‘rinbosari tomonidan o‘tkaziladigan majlislar, shu jumladan har haftalik apparat yig‘ilishlari va har xil komissiyalar majlislari hujjatlari tayyorlanishini va ularda qabul qilingan qarorlar rasmiylashtirilishini ta’minlaydi;

Hokim o‘rinbosari kotibiyati to‘g‘risidagi Nizomga va hokimning qarorlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.

22. Boshqaruv apparati tarkibiy bo‘linmasi (kotibiyat mudiri, guruh va boshqalar) rahbari:

tarkibiy bo‘linmaga bevosita rahbarlikni amalga oshiradi, o‘z mutaxassislarining ishlarini tashkil qiladi hamda bo‘linmaga yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi yuzasidan shaxsan javob beradi;

kiritilgan takliflar va hujjatlar loyihalarini ko‘rib chiqishda davlat prinsiplariga qat’iy rioya qilinishini ta’minlaydi, ularning ekspert jihatidan ishlab chiqilishini tashkil qiladi va tayyorlangan hujjatlar loyihalariga viza qo‘yadi. Tegishli hujjatlar qabul qilingandan keyin ularning bajarilishi yuzasidan tizimli nazoratni ta’minlaydi;

tasdiqlangan tuzilmaga va shtatlar ro‘yxatiga muvofiq lavozimga tavsiya etilayotgan nomzodlar, mutaxassislarning kasbiy darajasini va ish malakasini oshirish, ularni rag‘batlantirish va ularga jazo choralari ko‘rish tadbirlarini amalga oshiradi;

mutaxassislar o‘rtasida vazifalarning taqsimotini, shuningdek bo‘linmaning yarim yillik ish rejasi loyihasini ishlab chiqadi va tasdiqlashga kiritadi, mutaxassislarning ish rejalarini tasdiqlaydi.

hokim yoki uning o‘rinbosari o‘tkazadigan yig‘ilishlarda, shu jumladan har haftalik apparat yig‘ilishlarida va komissiyalar majlislarida, shuningdek tarkibiy bo‘linma ish sohasiga kiruvchi masalalar bo‘yicha o‘tkaziladigan boshqa yig‘ilishlarda qatnashadi;

belgilangan tartibda ish yuritishni ta’minlaydi, chiquvchi xat-xabarlarni imzolaydi.

23. Sohalar bo‘yicha bosh mutaxassis (etakchi mutaxassis, 1-toifali mutaxassis):

funksional vazifalar sohasiga kiradigan masalalar bo‘yicha ishlarni tashkil etadi hamda o‘ziga yuklangan vazifalar va funksiyalar bajarilishi uchun shaxsan javob beradi;

o‘zi mas’ul bo‘lgan sohaga kiradigan masalalar bo‘yicha xalq deputatlari tuman Kengashi va hokimning hokimlikka kiritilgan takliflarlari hamda hujjatlari va qarorlari loyihalarini ko‘rib chiqishda davlat tamoyillariga qat’iy rioya qilinishini ta’minlaydi, ularning ekspert jihatidan ishlab chiqilishini tashkil etadi, tayyorlangan hujjatlar loyihalariga viza qo‘yadi. Tegishli hujjatlar va qarorlar qabul qilingandan keyin ularning amalga oshirilishi yuzasidan tizimli nazoratni ta’minlaydi:

tizimli monitoring tashkil etilishini va tegishli tarmoqlar hamda sohalarda iqtisodiy islohotlarning holati va natijadorligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar banki shakllantirilishini, shuningdek muammoli masalalarni hal etish bo‘yicha amaliy chora-tadbirlar ishlab chiqilishi va amalga oshirilishini, tumanni rivojlantirishning istiqbolli vazifalari amalga oshirilishini ta’minlaydi:

materiallarni tayyorlashda hokim va yoki uning o‘rinbosari tomonidan o‘tkaziladigan majlislarda, shu jumladan har haftalik apparat yig‘ilishlarida va har xil komissiyalar yig‘ilishlarida qabul qilinadigan qarorlarni rasmiylashtirishda ishtirok etadi;

hokim va yoki uning o‘rinbosari tomonidan o‘tkaziladigan majlislarda, shu jumladan har haftalik apparat yig‘ilishlarida va har xil komissiyalar majlislarida, shuningdek o‘zi mas’ul bo‘lgan sohaga kiruvchi masalalar bo‘yicha o‘tkaziladigan boshqa yig‘ilishlarda ishtirok etadi;

funksional vazifalarga muvofiq takliflar va hujjatlar loyihalarining sifatli ishlab chiqilishi, ishonchliligi va o‘z vaqtida tayyorlanishi hamda topshiriqlar va qabul qilingan hujjatlarning bajarilishi yuzasidan nazoratning ta’minlanishi uchun shaxsan javob beradi;

davlat organlari va boshqa tashkilotlar tomonidan taqdim etilgan takliflar va hujjatlar loyihalarini har tomonlama tahlil qiladi, ular bo‘yicha tahliliy materiallar va ekspert takliflarni tayyorlaydi, shuningdek ularning qonun hujjatlarida belgilangan tartibda zarur tarzda kelishilishini ta’minlaydi;

materiallar va hujjatlarning loyihalari to‘g‘risida hokim o‘rinbosariga axborot beradi;

qabul qilingan hujjatlar bo‘yicha nazorat rejasini yoki tashkiliy chora-tadbirlarni ishlab chiqadi va tasdiqlash uchun belgilangan tartibda kiritadi, davlat organlari va boshqa tashkilotlar tomonidan iqtisodiyotning tegishli tarmoqlari va sohalari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari, farmoyishlari va topshiriqlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari, O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri va uning o‘rinbosarlarining topshiriqlari, tegishli xalq deputatlari Kengashi va viloyatlar hokimliklari qarorlari, xalq deputatlari tuman Kengashi va hokimning hujjatlari va qarorlari bajarilishini tizimli nazorat qiladi;

tegishli funksional masalalar va hujjatlar bo‘yicha tizimlashtirilgan ma’lumotlar bazasi shakllantirilishi va yuritilishini, uning muntazam ravishda yangilanishini tashkil etadi;

boshqaruv apparatida amal qiluvchi Yo‘riqnomaga muvofiq ish yuritilishini ta’minlaydi;

o‘ziga yuklangan vazifalarga muvofiq boshqa funksiyalarni amalga oshiradi.

24. Boshqaruv apparatining boshqa tarkibiy bo‘linmalari rahbarlari va mutaxassislarining vazifalari va funksiyalari tegishli tarkibiy bo‘linmalar to‘g‘risidagi nizomlarda hamda hokim tomonidan tasdiqlanadigan funksional vazifalarni taqsimlashda belgilanadi.

25. Boshqaruv apparatini saqlash va moddiy-texnika jihatidan ta’minlash belgilangan tartibda amalga oshiriladi.


  • 206