So'rovnoma
  1. Siz uchun axborot oshkorligi uchun qanday ma’lumotlar bazasi zarur?
Hokimiyat

Hokimiyat haqida

Toshkent viloyati Qibray tuman hokimligi (Zebuniso ko'chasi, 1-uy) mahalliy davlat boshqaruv organi.

Qibray tuman hokimligi O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va “Mahalliy davlat hokimiyati to'g'risida”gi qonunga muvofiq faoliyat yuritadi.

Mazkur huquqiy hujjatlarga binoan Qibray tuman hokimligi davlat, xo'jalik va ijtimoiy-madaniy qurilishga rahbarlik qiladi, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish rejalarini va mahalliy byudjetni tasdiqlaydi, o'ziga bo'ysungan korxona, tashkilot va muassasalarning faoliyatiga rahbarlikni amalga oshiradi, qonunlarga rioya etilishini, davlat va jamoat tartibini, fuqarolarning huquqlarini muhofaza qilinishini ta'minlaydi.

Hokimlik boshqarma, bo'lim va turli bo'linmalardan iborat bo'lib, ularning tarkibi, tashkiliy tuzilmasi va faoliyati Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan Nizom bilan belgilanadi.

Qibray tuman ijroiya hokimiyati tuzilmasi va hodimlari soni Xalq deputatlari viloyat Kengashi tomonidan tasdiqlangan byudjet chegarasida hokim tomonidan o'rnatiladi va o'zgartiriladi.

Qibray tuman hokimi tumanning oliy mansabdor shahsi hisoblanadi va bir vaqtda tuman hududida vakillik va ijroiya hokimiyatni boshqaradi.

Hokim O'zbekiston Prezidenti va Xalq deputatlari tuman Kengashiga bo'ysunadi. Hokim O'zbekiston Prezidenti tomonidan tayinlanadi, ozod etiladi va Xalq deputatlari Toshkent viloyat Kengashi tomonidan tasdiqlanadi.

Hokimning vakolat muddati – 5 yil.


  • 260